Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng kuchli Android-smartfonlar. TOP-10

Eng kuchli Android-smartfonlar. TOP-10

«AnTuTu» benchmarki jamoasi Android-smartfonlarning an’anaviy oylik reytingini e’lon qildi. Unda 2019-yilning yanvari so‘ngigacha savdoga chiqqan, ya’ni shu kunlarda amalda bo‘lgan eng kuchli modellar aks etgan, deb xabar berdi «Terabayt».

Reytingdagi kuchli uchlik o‘tgan oydagiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan, zero, yangi mavsum flagmanlari hali bozorga chiqqanicha yo‘q. Nubia Red Magic Mars o‘yinbop smartfoni ketma-ket ikkinchi marta yetakchi bo‘lib turibdi. Bu gal uning benchmarkdagi ko‘rsatkichi o‘tgan oydagidan ham yuqoriroq – 320 996 ball.

Ro‘yxatning ikkinchidan to beshinchi pog‘onasigacha bo‘lgan o‘rinlarni Kirin 980 protsessorli Huawei flagmanlari egallagan: Mate 20 (308 140 ball), Honor View 20ning xitoycha varianti – Honor V20 (306 567 ball), Mate 20X (304 203 ball) va Honor Magic 2 (301 260 ball).

Shunisi qiziqki, xitoylik texnogigantning Mate 20 Pro (298 659 ball) flagmani bu gal o‘yinbop Xiaomi Black Shark Helo (299 495 ball) modelidan ham pastlab, yettinchi o‘ringa tushgan. Buni AnTuTu mutaxassislari shunday izohlashgan: «foydalanuvchilar Pro-versiyalarning aksariyatini ushbu benchmarkda muvozanatga keltirilgan rejimda sinab ko‘rishgan; bu rejimda quvvatni tejash uchun samaradorlik sal cheklab turiladi».

Guvohi bo‘lganingizdek, yanvarning eng zo‘r smartfonlari ro‘yxatidan yana OnePlus 6T(296 577 ball), Vivo NEX Ultimate (295 052 ball; yana bitta nomi – Vivo NEX S) hamda Asus ROG Phone (295 008 ball) ham o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring