Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer uchastkalari qaysi hollarda olib qo‘yilishi mumkin?

Yer uchastkalari qaysi hollarda olib qo‘yilishi mumkin?

Foto: «Asr.uz»

Yer uchastkalarini olib qo‘yish bilan bog‘liq masalalar Yer kodeksi, Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda boshqa qonun-hujjatlari bilan tartibga solingan, deb xabar bermoqda «Inson va qonun» nashri.

Yer kodeksining 37-moddasida yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha:

  • tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga;
  • Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan olib qo‘yilishi belgilangan.

Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror:

  • bosh rejalarga;
  • shaharlar, turar joy tumanlarini va aholi punktlari mikrotumanlarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi yerlar olib qo‘yilgan hollarda to‘la hajmda qoplanishi belgilangan.

Agarda yer uchastkasi egasi, yer uchastkasini olib quyish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sud organlariga murojaat etish huquqiga ega.

Bundan tashqari, Yer kodeksining 91-moddasiga asosan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring