Erdo‘g‘on AQShning Turkiyaga xavfi haqida gapirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiyaga xavf birinchi navbatda strategik sheriklar va aynan suriyalik kurdlarga harbiy yordam ko‘rsatayotgan AQSh tomonidan bo‘lishi haqida ma’lum qilgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Xavf qayerdan paydo bo‘ladi? U eng avvalo strategik sheriklarimiz tomonidan. Biz o‘z mablag‘imizga AQShdan qurol sotib ololmayotgan paytimizda, ular terrorchilik tashkilotlarini o‘q-dori bilan bepul ta’minlab turibdi», — deya intervyu bergan Turkiy rahbari NTV telekanaliga.
Erdo‘g‘on shuningdek, AQSh tomonidan Suriya shimoliga besh ming qurolli yuk mashinasi jo‘natilgani aytgan, shuningdek, davlat to‘ntarishida ayblanayotgan Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgani uchun ham AQShni tanqid qilgan.
AQSh Suriya shimolidagi kurd harbiy bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya ularni terroristik tashkilot deya hisoblaydi. Joriy yilning 20-yanvaridan ularga qarshi «Zaytun novdasi» operatsiyasi boshlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter