Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda halokat: 21 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Eronda halokat: 21 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «24.kz»

Eronning Isfahon viloyatida sodir bo‘lgan yirik yo‘l transporti hodisasi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23.15da kunning oxirgi reysi bo‘lgan avtobus Tehrondan Karmon sari harakatlanayotib, Badrud shahriga kiraverishda benzin tashuvchi transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan», – deya xabar beradi politsiya vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanganlar tibbiyot muassasalariga olib ketilgan. Avariya sabablari noma’lum. Hukumat surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring