Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan bolalar uchun ekskursiya

Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan bolalar uchun ekskursiya

Foto: «Sputnik»

Farg‘ona viloyatidagi Quvasoy shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatda eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan 13 nafar bola uchun avtobusda ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya qo‘l harakatlari orqali olib borildi.

Maktab o‘quvchilari surdo tarjimonlar bilan birgalikda Marg‘ilon shahridagi «Yodgorlik» fabrikasiga tashrif buyurishdi, shuningdek, qo‘l dastgohida ishlab ko‘rishdi.

Shuningdek, Rishtondagi Tohir Haydarovning kulolchilik muzeyiga borib, uning tarixini o‘rganishdi. Qo‘qonda esa bolalar shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari — Xudoyorxon saroyi bo‘ylab sayohat qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring