Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniyada yangi prezident saylandi

Estoniyada yangi prezident saylandi

Yulle Madize.

Foto: Oiguskantsler.ee

Estoniya parlamenti uchdan ikki qismdan ko‘proq ovoz bilan 51 yoshli Yulle Madizeni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi.

Madize — professional huquqshunos, u so‘nggi 11 yil davomida Estoniyaning oliy yuridik arbitri, ya’ni adliya kansleri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Estoniyada prezident asosan ramziy lavozim hisoblanib, ichki va tashqi siyosatni belgilamaydi — bu vakolatlar to‘liq parlament va hukumatga tegishli.

Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari mamlakatni xorijda vakil sifatida tanitadi, ichki siyosatdagi eng muhim vazifasi esa parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolash hisoblanadi.

Madizedan oldingi prezidentlar vaqti-vaqti bilan jamiyatda bahsli deb topilgan qonunlarni rad etib, parlamentga qaytarib turgan.

O‘z liberal qarashlari bilan ajralib turuvchi Yulle Madize chorshanba kuni parlamentdagi nutqida byurokratiya va haddan tashqari tartibga solish masalalariga to‘xtaldi. Uning fikricha, bu omillar tadbirkorlik tashabbuslarini bo‘g‘ib qo‘ymoqda va odamlarning o‘z davlati haqidagi tasavvurini yomonlashtirmoqda.

Yangi saylangan prezident shu yil 11-oktyabrdan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. O‘sha kuni amaldagi prezident Alar Karis o‘z lavozimini tark etadi. Karis ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘lsa-da, saylovda qatnashishdan voz kechgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring