Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Euronews telekanali millionlab tomoshabinlariga o‘zbek xokkeyining qayta tiklanishi haqida hikoya qildi

Euronews telekanali millionlab tomoshabinlariga o‘zbek xokkeyining qayta tiklanishi haqida hikoya qildi

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi haqidagi lavha mashhur Euronews telekanali orqali namoyish qilindi. Mavzuda asosiy e’tibor yoshlar terma jamoasiga qaratilgan.

Euronews jurnalisti Galina Polonskaya xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etib, yosh sportchilarning yuksak salohiyatini ta’kidladi.

Komanda sardori Jasurbek Rustamxonov o‘tgan yili Mo‘g‘ulistonda o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya chempionatining eng yaxshi xokkeychisi sifatida e’tirof etildi. O‘sha vaqtda u tomonidan kiritilgan 14 ta mahoratli gollar O‘zbekiston terma jamoasini mintaqa chempionati yetakchilari qatoriga olib kirdi.

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi yoshlarning sportning ushbu ommabop turi bilan shug‘ullanishlariga turtki bo‘lmoqda.

«Xokkey 30 yildan beri rivoj topmagan yangi sport turi desak, adashmaymiz, - deydi O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov. – Biz uni qayta tiklab, yanada targ‘ib qilmoqchimiz. Federatsiyamizning maqsadi – 2025-yilda xokkey bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqish».

Qisqa 5 yil ichida xokkey Federatsiyasi nafaqat «Humo» xokkey klubini va mamlakatning muvaffaqiyatli yoshlar terma jamoasini yaratishga, balki o‘zbek xokkeyini muxlislarining sevimli o‘yiniga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Respublikamizning asosiy muz saroyi -Humo Arena majmuasida o‘yinlar rekord darajadagi tomoshabinlarni chorlamoqda va xokkey O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilinadigan nufuzli sport turlaridan biriga aylanmoqda.

Va eng muhimi, Euronews muhbiri ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda xokkeyni qayta tiklanishi sportsevar yoshlarni ilhomlantirib, ularni faol o‘yinlarga jalb qilmoqda, xokkey esa mamlakatdagi eng mashhur sport turlaridan biriga aylanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring