Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa davlatlarida «Instagram» ishlamay qoldi

Yevropa davlatlarida «Instagram» ishlamay qoldi

Foto: «polit-gramota.ru»

10-may kun soat 15:00dan boshlab «Instagram» foydalanuvchilari suratlarni yuklab olishda turli muammolarga duch kelmoqda. Mazkur muammo butun dunyodagi foydalanuvchilarda kuzatilmoqda, biroq e’tirozlarning aksariyati Yevropadan kelib tushmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

Aksariyat foydalanuvchilarning yangiliklar lentasini yangilanmayapti, e’tiroz bildirganlarning 22 foizi login terishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, yana 20 foiz foydalanuvchi «Instagram» veb-saytiga kira olmayapti.

«Instagram» ishidagi nosozlik Yevropa davlatlarida, xususan, Polsha, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyada kuzatilmoqda.

E’tiborli jihati, mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismida hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Nosozliklar nima sababdan yuzaga kelayotgani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring