Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fazliddin G‘oibnazarov yana bir raqibini nokautga uchratdi

Fazliddin G‘oibnazarov yana bir raqibini nokautga uchratdi

Foto: «Olamsport»

Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Mazkur jangda Fazliddinga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Uilbert Lopes raqiblik qildi. Hamyurtimiz sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

Ma’lumot uchun, G‘oibnazarovning professional ringda o‘tkazgan janglari soni 6 taga yetdi. Hamyurtimiz ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring