Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov Toshkentga keldi

FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov Toshkentga keldi

Foto: «O‘zA»

Respublika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabiga Osiyo shaxmat federatsiyalari – Janubiy Koreya, Vetnam, Mug‘uliston, Tayland, Bangladesh, Falastin, Afg‘oniston, Nepal, Laos, Iordaniya, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari tashrif buyurdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

38ccebf3-7c59-4896-82b7-951d199cd3a8.jpg
Foto: «O‘zA»

Mehmonlar FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov hamda Rossiya shaxmat federatsiyasi vasiylik kengashi a’zosi Arkadiy Dvorkovich hamrohligida keldi.

Shaxmat mutasaddilari maktab hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Shuningdek, bolalar ishtirokida dona surishga ham ulgurishdi.

55e47b44-76e0-4553-ba04-e188e111f42f.jpg
Foto: «O‘zA»

Muloqot chog‘ida FIDE prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surgan Arkadiy Dvorkovich o‘z dasturini ma’lum qildi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentligiga saylov joriy yilning 3 oktyabrida Batumida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan FIDE kongressida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring