Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbolchilarimiz Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

Futbolchilarimiz Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

Foto: «ufa.uz»

Indoneziyada start olgan Osiyo o‘yinlarining futbol bellashuvida O‘zbekiston terma jamoasi «B» guruhida Bangladesh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda to‘liq ustunlikka erishgan Ravshan Haydarov shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston OTJ – Bangladesh OTJ 3:0

Gollar: Zabihullo O‘rinboyev (24), Doston Hamdamov (57), Ikrom Aliboyev (67)

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobur Abduxoliqov, 69), Javohir Siddiqov (Xurshid G‘iyosov, 79), Ikrom Aliboyev, Doston Hamdamov (Aziz Turg‘unboyev, 64), Dostonbek Tursunov.

Bangladesh OTJ: Ashraf Rana, Rahmat Mia, Jamal Buyan, Hussayn Badsha, Topu Barman, Maxbubur Rahmon, Rahmon Fahad, Saad Uddin, Miah Zoni, Bashvanat Gosh, Ahmad Biplo.

Keyingi uchrashuvni Ravshan Haydarov shogirdlari 16 avgust kuni Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring