Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garov reyestri nega kerak?

Garov reyestri nega kerak?

Bugungi kunda, barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar, shuningdek boshqa xo‘jalik sub’yektlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan garov reyestri xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

Xo‘sh, bu o‘zi qanday xizmat deguvchilar ham oramizda topiladi. Aytish mumkinki, Garov reyestrini majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida garovga berib qo‘yilgan, shuningdek undiruvga qaratilgan mol-mulklar hamda ushbu mulklarga kreditorlarning ustuvor huquqlari to‘g‘risidagi axborotlarning elektron «E’lonlar oynasi» deyish ham mumkin.

Mol-mulk to‘g‘risidagi axborotni garov reyestridan mol-mulk egasining STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) yoki ayrim mol-mulklarning ro‘yxat raqami bo‘yicha olish mumkin. Foydalanuvchilarga mol-mulk to‘g‘risida elektron shaklda, zarur hollarda esa qog‘ozda axborot taqdim etiladi.

Garov reyestridan foydalanishning bir qator afzalliklari bor. Jumladan, kreditor ta’minot sifatida qabul qilinayotgan mol-mulk garov sifatida foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni garov reyestri bazasidan qisqa muddatda (tezkor) olish imkoniga ega, kreditor qarzdorning mulki boshqa joyda ham garovda ekanligidan bexabar bo‘lishi mumkin.

Garov reyestridan foydalanish garovga qo‘yuvchining garovdagi mol-mulkdan boshqa maqsadlarda foydalanilishini cheklagan holda kreditor va xolis sotib oluvchilar manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu esa kreditorlarning tavakkalchiligini pasayishiga hamda tadbirkorlik sub’yektlarini mulk garovi ostida kreditlash imkoniyati kengayishiga va jarayoni tezlashishiga xizmat qiladi.

Yurtimizda bu xizmatlar bilan «Garov reyestri» davlat unitar korxonasi shug‘ullanmoqda. Hozirga qadar foydalanuvchilar garov reyestriga 420 mingdan ortiq yozuv kiritgan. Shundan 433 mingga yaqini mol-mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Shuningdek, garov reyestridan mol-mulklar to‘g‘risida 3,9 mingdan ortiq ko‘chirma ma’lumotlar olingan. Bu yozuvlarda 308 mingta 100 million so‘mgacha va 103 mingta 100-500 million so‘mgacha qiymatdagi mol-mulklar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan.

O‘zbekistonda garov reyestrini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalarni Xalqaro moliya korporatsiyasining garov reyestri bo‘yicha xalqaro ekspertlari yuqori baholamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring