Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada egizaklar ona qornida operatsiya qilindi

Germaniyada egizaklar ona qornida operatsiya qilindi

Foto:«Cosmopolitian»

Germaniyada egizaklar ona qornida ter bezlari va milk rivojlanishiga to‘siq bo‘lgan genetik kasalliklardan xalos qilindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Operatsiyadan keyin egizaklarning ahvoli yaxshi bo‘lgan.

Familiyasi sir tutilishini istagan Korina va Tobias juftligi to‘ng‘ich farzandi Joshua 2 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hanuz tishlari chiqmagani tufayli shifokorga murojaat qiladi. Shifokor ularga bu genetik kasallik ekanini, shu tufayli tana o‘zini sovutmayotgani sababli tishlar kech chiqishini aytadi.

Keyinchalik Korina yana homilador bo‘ladi. Ultratovush tekshiruvidan o‘tgan Korina egizaklarning ham shu kasallikka chalinganini payqaydi. Shifokorlar darhol onani operatsiya stoliga yotqizishadi. Ona qornida o‘tkazilgan operatsiya natijasida egizaklar xastalikdan forig‘ bo‘ladi.

«Egizaklarim tug‘ilgandan keyin ularning terlashini ko‘rib quvondim. Hozir ular sog‘lom», ­— deydi Korina.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring