Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gitler Argentinaga qochganmidi? FQB ma’lumotlarni ochiqladi

Gitler Argentinaga qochganmidi? FQB ma’lumotlarni ochiqladi

Foto: «AP Photo»

AQSh Federal qidiruv byurosi 1945-yili Berlin qulaganidan so‘ng Adolf Gitler Argentinaga qochib ketgani haqidagi hujjatlarni ochiqladi. Ushbu ma’lumotlarni FQB ga xodimlaridan biri taqdim etgandi.

Ushbu xodimning qo‘liga tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Gitler haqiqatan ham Lotin Amerikasiga suv osti kemasida qochib borgan va And tog‘lari janubidagi ranchodan boshpana topgan. Uning yashirinishida argentinalik olti nafar yuqori mansabli shaxs ko‘maklashgan. Fyurer tanilib qolmaslik uchun mo‘ylovini olib tashlagan, ammo boshi kasaldan chiqmagan.

Gitlerdan tashqari, shu taqdim etilgan hujjatda Uchinchi reyxning yana 50 nafar qochib ketishga ulgurgan a’zosi haqida ma’lumot bor. Eng qizig‘i, ular Berlin taslim bo‘lganidan keyin ikki hafta o‘tib qochishgan. Eslatib o‘tamiz, rasmiy manbalarga ko‘ra, Gitler 1945-yilning 30-aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan.

Gitlerning «qochishi» haqidagi ilk hisobot 1945-yilning 21-sentyabrida paydo bo‘lgandi. Biroq undagi ma’lumotlarni yetarli emas deb hisoblagan FQB direktori Edgar Guver qidiruv ishlarini to‘xtatishni buyurgandi.

Ingliz tarixchilari ham natsistlar Germaniyasi dohiysi intiqomdan qutulib qolgan degan fikrda. Ular keltirgan dalillarga ko‘ra, Gitler 1947-yilning iyunidan 1955-yilning oktyabriga qadar Inalko (Argentina) dagi qattiq qo‘riqlanadigan qo‘rg‘onda yashagan va 1962-yilning 13-fevral kuni vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring