Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirdi

«GM Uzbekistan» avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirdi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda «Lacetti» (1 poz.), «Cobalt» (2 poz.) va «Nexia» (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, «Lacetti» (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqartiriladi.

«Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi», - deyiladi xabarda.

Kunlik yangilanib borayotgan mavjud shartnomalarning dilerlik kesishmalaridagi taqsimoti bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring