Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ofur Rahimov «AIBA»ga prezident bo‘ldi

G‘ofur Rahimov «AIBA»ga prezident bo‘ldi

Foto: «Ocasia.org»

Bugun, 27-yanvar kuni Xalqaro boks federatsiyasi(«AIBA»)ning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

«AIBA»ning amaldagi prezidenti Franko Franchelli o‘rniga o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov muvaqqat prezident etib saylandi. Bungacha u vitse-prezident sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

— Meni saylagani uchun barcha a’zolarga minnatdorlik bildiraman, — dedi G‘.Rahimov. — Do‘stim Franko, sen «AIBA»ni saqlab qolding. Men ushbu jamoada 20 yildan ortiq vaqt vitse-prezident bo‘lib ishlaganimdan faxrlanaman.

Ma’lumot uchun, G‘ofur Rahimov 1951-yil 22-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yildan beri «AIBA»ning ijrochi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring