Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gollivudning eng qimmat aktyori AQSh prezidenti bo‘lish fikridan qaytdi

Gollivudning eng qimmat aktyori AQSh prezidenti bo‘lish fikridan qaytdi

Gollivud aktyori, 50 yoshli Dueyn Jonson AQSh prezidentligi uchun saylovda nomzodini qo‘ymaydigan bo‘ldi. Nega? CBS telekanali bunga aniqlik kiritdi.

Jonson prezidentlik saylovida qatnashmoqchiligini 2017-yilda aytgandi. Oq uy xo‘jayini bo‘lishga potensial nomzodlarning prezidentlik kampaniyasi ichki olamini tushunish maqsadida 2021-yilda u siyosatshunoslar bilan maslahat uchrashuvlari tashkillashtirdi. Shundan so‘ng fikri o‘zgardi.

«Yo‘q, saylovda qatnashmayman. Men uchun masala yopilgan», — dedi aktyor.

Gollivudning eng qimmat aktyori siyosatdan oilasini ustun qo‘yadi.

«O‘z mamlakatim va uning odamlarini yaxshi ko‘raman. Biroq farzandlarim va oiladagi otalik rolim men uchun yaxshiroq. Prezident tinmay safarlarda yuradi, buning uchun men oilamga ajratadigan shaxsiy vaqtimni qurbon qilishga tayyor emasman», — dedi Jonson.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring