Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har bir oilaga yordamchi: Nega Artel changyutkichlarini tanlashingiz kerak?

Har bir oilaga yordamchi: Nega Artel changyutkichlarini tanlashingiz kerak?

Artel kompaniyasi past shovqin darajasiga ega, mukammallashtirilgan filtrlar va foydalanish uchun juda qulay changyutkich modellari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston aholisi azaldan o‘zining mehmondo‘stligi bilan tanilgan: har bir xonadon eshiklari kelgan mehmonlar uchun ochiq. Bunday vaziyatda uyni doimo ozoda tutish muhimdir.

Artel kompaniyasi har qanday vazifani bajara oladigan va har bir uy xo‘jaligida asqotadigan zamonaviy changyutkichlarni taqdim etadi. Takomillashtirilgan bu yangi modellar HEPA filtrlari, chang yig‘ish moslamasining to‘lganini anglatuvchi indikator va moslashuvchan shlanglar bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida changyutkich innovatsion va ishlatish uchun qulay bo‘lgan haqiqiy dastyorga aylanadi.

Artel changyutkichlari o‘z vaqtini va qulayligini qadrlaydigan zamonaviy foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. Bir qarashda zamonaviy dizayn yoqimli taassurot qoldiradi: ranglarning mutanosibligi va qulay shakllar — bularning barchasi ushbu brendning jihozlaridan foydalanishni yanada jozibador qiladi.

Modellar yengil va ixcham bo‘lsada, uyning istalgan yuzasidagi, hatto tozalash qiyin bo‘lgan burchaklardagi chang va kirdan xalos qilish imkonini beruvchi kuchli dvigatel bilan jihozlangan. Boz ustiga, changyutkichlar juda baquvvat. Masalan, Artel VCU 0120 changyutkichida changni tortib olishga mo‘ljallangan 420 Vt quvvatga ega konteyner va 450 Vt quvvatga ega chang qopi ko‘zda tutilgan.

Bunday yuqori quvvatga qaramay, Artel changyutkichlari past shovqin darajasida ishlaydi: takomillashtirilgan modellar 78 dB dan oshmaydigan shovqin darajasiga ega bo‘lib, bu boshqa avlod changyutkichlariga qaraganda ancha past.

Artel changyutkichlari havodagi mayda zarrachalarni mukammal tuta oladigan HEPA-filtrlari bilan jihozlangan, bu esa havoni tozalashni yanada samarali qiladi. Shuningdek, bu changyukichlarda uy yuzalari va yumshoq mebellarni chang, sochlar, uy hayvonlari junlaridan tozalash uchun mo‘ljallangan turbo cho‘tka mavjud. Ushbu afzalliklar uy tozalash jarayoniga sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartiradi va uning sifatini oshiradi.

Artel modellarining yana bir afzalligi changyutkich korpusiga o‘rnatilgan chang yig‘ish moslamasining to‘lganini anglatuvchi indikatordir. Uning yordamida siz changyutkichni tozalash vaqti kelganini uni har gal ochmasdan turib ham aniqlashingiz mumkin. Artel changyutkichlarining egiluvchan va 360 darajaga aylanadigan shlanglari esa tozalash jarayonini osonlashtiradi: ular yordamida xonaning istalgan nuqtasiga yetib borish mumkin.

Changyukichlarning yangi modellari haqida batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning shourumlarida yoki quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 78−148−88−88.
Sayt:https://www.artelgroup.orgartelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring