Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hayvonot bog‘idagi fojia: sher o‘z egasining boshiga yetdi

Hayvonot bog‘idagi fojia: sher o‘z egasining boshiga yetdi

Foto: Amur Mash.

Slovakiyaning Kisutske Nove Mesto shahridagi hayvonot bog‘ida sher o‘zini ovqatlantirmoqchi bo‘lgan egasini o‘ldirdi, deb xabar berdi  tvnoviny.sk portali.

«Arslon Kisutske Nove Mesto shahridagi hayvonot bog‘i egasiga jarohat yetkazgan, natijada jabrdiyda olgan jarohatlari sabab vafot etgan», — deyiladi xabarda.

Voqea joyiga veterinar chaqirildi, u yirtqichni dorilar yordamida uxlatib qo‘ygan, shundan so‘ng qutqaruvchilar marhumning jasadini olib chiqib ketishgan.

Avvalroq AQShda amerikalik erkak stulda dam olayotgan paytda uning uyiga ayiq kirib kelgani xabar berilgandi. Ayiq erkakka zarar yetkazmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring