Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim kombayn haydadi

Hokim kombayn haydadi

Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda kombayn boshqarib, g‘alla o‘rimida ishtirok etdi.

«Bugun tumanimizning barcha hududlarida rizq-ro‘zimiz bo‘lgan g‘allani qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in pallaga kirib, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Mirishkorlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uchun 18 ta otryad tashkil etilgan. Tumanda jami 337 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 11 000 gektar maydonga g‘alla ekilib, 34 000 tonna boshoqli don hosili yaratish reja qilingan», — deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, bugun 6 iyun kuni tuman hokimi Dilfuza Uralova har yilgi an’anani davom ettirgan holda kombayn boshqaruviga o‘tirib, g‘alla o‘rimida qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring