Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ICTWEEK Uzbekistan-2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakuniga yetdi (foto)

ICTWEEK Uzbekistan-2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakuniga yetdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

ICTWEEK haftaligi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida eng muhim tadbirdir. Haftalikning asosiy maqsadi, o‘tgan yillardagidek IT-sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni namoyish etish va muhokama qilishdan iborat.

ICTWEEK Uzbekistan-2018 haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

  • Toshkent shahrida: ICTEXPO-2018 – Axborot texnologiyalari yillik ko‘rgazmasi, DIGITAL UZBEKISTAN forumi, CYBERSECURITY AND DIGITAL TRANSFORMATION forumi va boshqalar.
  • Jizzax shahrida: «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi, ICTEXPO-2018 Mintaqaviy ko‘rgazmasi va Mintaqaviy forum 3i.

29 sentyabr kuni AKT haftaligi nihoyasida ICTWEEK Uzbekistan-2018 ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlar va homiylarning ishi ham qayd etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar o‘rtasida interaktiv kiosklar orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, quyidagi kompaniyalar to‘rtta asosiy nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:

  1. Yoshlar tanlovi – UZTELECOM.
  2. Eng yaxshi stend dizayni – UMS.
  3. Stend xodimlari professionalizmi – Toshkentdagi Inha universiteti
  4. Eng innovatsion stend – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Axborot xavfsizligi markazi.

Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari «AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida rivojlantirishdagi yutuqlari» nominatsiyalarida taqdirlandilar. Unda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, «Kafolat» sug‘urta kompaniyasi, AT Xalq banki, O‘zbekiston rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi kompaniyasi tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring