Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Igor Sergeyev transferi «Ad-Dafra» uchun qanchaga tushgan? Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi

Igor Sergeyev transferi «Ad-Dafra» uchun qanchaga tushgan? Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi

Igor Sergeyev yangi jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi

Foto: «Chempionat.asia»

Avvalroq saytimizda «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev BAAning «Ad-Dafra» jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Bir qator futbol saytlari «Transfermarkt» nashriga tayanib, Sergeyev arab jamoasi tomonidan 1,5 million yevroga sotib olinganini xabar qilgan edi. Biroq futbolchi bu ma’lumotlarni rad etgan.

«Bugun futbolchining o‘zi saytimiz bilan aloqaga chiqib bu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi», — deyiladi «Chempionat.asia» sayti xabarida.

BAA klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdim, sababi «Paxtakor» bilan shartnomam yakuniga yetgan edi. Bundan tashqari bu klub bilan 2020-yil oxirigacha emas 2018-yilning yoziga qadar, ya’ni olti oylik shartnoma tuzdim.

Igor Sergeyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring