Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita viloyat soliq boshqarma boshliqlari o‘zgardi

Ikkita viloyat soliq boshqarma boshliqlari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo va Namangan viloyatlari davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Qudratali Mamatisayev Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Qudratali Mamatisayev 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq inspektori lavozimidan boshlab, 1997-yilgacha ushbu inspeksiyada turli lavozimlarda ishlagan. 1997-2009-yillar davomida Davlat soliq qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan.

2009-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritgan. 2014-2016-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2018-yillar mobaynida Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.

Avvalroq Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tillavoldiyev 1965-yilda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1986-yilda Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan boshlab, 2002-2017-yillar davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, xo‘jalik birlashmasi rahbari va Farg‘ona viloyati hokimligida rahbar lavozimlarida ishlagan.

2018-yilning yanvar oyidan sentyabriga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring