Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada avtobus 30 metrlik jarlikka quladi: qurbonlar bor

Indoneziyada avtobus 30 metrlik jarlikka quladi: qurbonlar bor

Foto: «24.kz»

Indoneziyada avtobus 30 metrlik jarlikka qulab ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Voqea Indoneziyaning g‘arbiy provinsiyasi Yavada sodir bo‘lgan. Avtobusda «Honda» korporatsiyasining dileri «Catur Putra Group» firmasi xodimlari mashhur sayyohlik maskaniga ketayotgan bo‘lgan.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi sababli avtobus jarlikka qulagan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring