Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Intellektual mulk sohasida yangi tartib joriy etiladi

Intellektual mulk sohasida yangi tartib joriy etiladi

Foto: «evolllution.com.uz»

Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-martdan yangi tartib o‘rnatildi. Unga muvofiq:

  • tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirilgandan so‘ng, Agentlik bir ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
  • ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilar yoki ularning vakillari talabnomalar e’lon qilingandan so‘ng Agentlikka ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin;
  • tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir mutloq huquq, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi o‘rinlarda – tovar belgisi) o‘sha kunning o‘zida tovar belgisi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi;
  • tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek, jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan avval to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin.

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron shaklda davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish tartibi joriy etiladi.

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda kamida bir marta keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazilgan holda intellektual mulk sohasida o‘z malakalarini oshirishib boradilar.

Shuningdek, intellektual mulkning samarali himoyasini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring