Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iordaniya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Iordaniya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Foto: Google.com

Iordaniya bosh vaziri Honiy al-Mulkiy soliq siyosatiga qarshi uyushtirilgan namoyishlar ortidan iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga Umar ar-Razzoz hukumatning muvaqqat rahbari etib tayinlandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Avval moliyachi bo‘lgan Umar ar-Razzoz Mulkiy hukumatida ta’lim vaziri bo‘lib ham ishlagan.

Soliq siyosati tufayli poytaxt Ammon va bir nechta shaharlarda olti kundan beri namoyishlar o‘tkazib kelinayotgan edi. Yuzlab kishilar Vazirlar mahkamasi binosi oldida to‘planib, hukumatga qarshi yurish qildi.

«The Guardian» nashrining yozishicha, Iordaniyaning bir nechta shaharlarida shunday namoyishlar uyushtirilgan.

Ammon  hukumati 2016 yili Xalqaro valyuta fondidan uch yil muddatga 723 million AQSh dollari miqdorida qarz olgan edi.

«The Economist» jurnalining ma’lum qilishicha, bu yil Ammon dunyodagi eng qimmat shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring