Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tatyana Karimova xotiralari: «Islom Karimov birinchi qorni juda yaxshi ko‘rardi»

Tatyana Karimova xotiralari: «Islom Karimov birinchi qorni juda yaxshi ko‘rardi»

Foto: Islom Karimov shaxsiy shifokori arxivi

Islom Karimov fondi saytida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

«Islom Abdug‘aniyevich qorni, alalxusus, birinchi qorni juda yaxshi ko‘rardi. Qorda farzandlar, keyinroq nabiralar bilan sayr qilish uchun hamisha vaqt topishga intilardi. Islom Abdug‘aniyevich bolalarni suzish, qo‘rqmay suvga sho‘ng‘ish, velosiped minishga o‘rgatdi, — deya so‘zlaydi Tatyana Karimova.

Kenja qizimiz Lola kichkinaligida uni chanada uchirish va qorbobo yasash uchun ko‘chaga olib chiqar edi. Kuzda daraxt barglarini to‘plashardi, o‘sha gerbariylar hozirgacha saqlanadi. Yakshanba kunlari esa ular bog‘-hovlida velosipedda uchishardi.

Keyinroq Islom Abdug‘aniyevich bog‘-hovli hududida o‘shanday tuganmas zavq ila nabiralar bilan sayr qildi, ularga ham suzish, velosiped minish va tabiat go‘zalligini his etishni o‘rgatdi. Bolalarning skeytbord va rolikda uchayotganini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Ularning abjirligidan hayratga tushar, bu boradagina oddiy kuzatuvchi edi.

Islom Abdug‘aniyevich Prezidentlikka kirishganidan keyin yanada band bo‘ldi va shu bois biror yerga borishga vaqt ham bo‘lmas edi. Umr yo‘ldoshim ishga yanada ko‘proq diqqat-e’tibor qaratib, oila uchun yanada kamroq vaqt qolgan edi.

Taqdir menga butun umr Islom Abdug‘aniyevichga xizmat qilishni nasib etdi. Men turmush o‘rtog‘im ishlashi uchun, ayniqsa, Prezident bo‘lganidan keyin imkon qadar kerakli shart-sharoit yaratishga intildim. Negaki, Islom Abdug‘aniyevich uchun ish juda ham muhim ekanini yaxshi bilar edim...»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring