Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispan qirolining kuyovini ayollar qamoqxonasiga qamashdi

Ispan qirolining kuyovini ayollar qamoqxonasiga qamashdi

Foto: «Clara Margais / Globallookpress.com»

Ispaniya qirolining kuyovi, gandbol bo‘yicha olimpiya chempioni Inyaki Urdangarin o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tash uchun Avila shahridagi ayollar qamoqxonasiga yetib keldi. U bu yerda besh yil-u o‘n oy saqlanadi. Sud unga soliqlardan bosh tortgani va boshqa moliyaviy firibgarliklari uchun shu jazoni tayinlagani haqida xabar berilmoqda.

Tergov jarayonida Urdangarin qirollar oilasidagi mavqeidan foydalanib o‘zining notijoriy «Noos Foundation» tashkiloti uchun imtiyozli shartnomalar tuzishga erishgan. Bitimlardan tushgan pullarni esa xorijdagi hisobraqamlarda saqlagan.

Ispaniya qonunlariga ko‘ra, sudlangan, ammo qamoqqa keltirilmagan shaxs qaysi qamoqxonani tanlashni o‘zi hal qilish huquqiga ega. Qirolning kuyovi esa 80 ta variant orasidan «Briveva» ayollar qamoqxonasini tanladi — bu yerda erkaklar bo‘limi ham mavjud. «El Confidencial» gazetasi xabar berishicha, bu bo‘limda beshta kamera, oshxona, ichki hovli va mehmonlarni qabul qilish uchun xonasi ham bor.

2017-yil fevral oyida Urdangarin olti yil-u uch oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Biroq 2018-yilning iyun oyida sud bu muddatning besh oyini olib tashlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring