Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniya kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi. Yarim finalda dahshatli to‘rtlik yuzaga kelishi mumkin

Ispaniya kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi. Yarim finalda dahshatli to‘rtlik yuzaga kelishi mumkin

Ispaniya kubogi, chorak final juftliklari.

Foto: «LaLiga»

Bugun Ispaniya kubogi musobaqasi chorak finali bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «stadion.uz».

Qur’ada Madridning «Real» klubiga «Leganes» tushdi. Dastlabki o‘yin «Leganes» maydonida bo‘lib o‘tadi.

Chorak finalda muxlislar Kataloniya derbsiga guvoh bo‘lishadi. Dastlabki bahsda «Espanol» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi.

«Atletiko» esa «Sevilya» bilan to‘qnash keladi. «Valensiya» «Alaves» to‘sig‘idan o‘tishga harakat qiladi.

Chorak final bosqichi ikkita o‘yindan iborat bo‘ladi. Bahslar 17 va 24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya kubogi, chorak final juftliklari

«Leganes» — «Real Madrid»

«Espanol» — «Barselona»

«Atletiko» — «Sevilya»

«Valensiya» — «Alaves»

Juftliklar bahlarida «syurpriz»lar ro‘y bermasa, musobaqaning yarim finalida «Real Madrid», «Barselona», «Atletiko», «Valensiya» kabi grandlar bahsiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring