Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda issiq suv narxi ham oshadi

Toshkentda issiq suv narxi ham oshadi

Foto: «Uz24.uz»

Toshkentda 1-maydan issiq suv va markaziy isitish tizimi uchun tariflar oshiriladi. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga «Toshissiqquvvati» korxonasidan ma’lum qilishdi.

Mavzu doirasida: Toshkentda suv narxi yana oshadi

Issiq suv ta’minoti uchun quyidagi tariflar belgilangan:

  • hisob uskunasi bo‘lgan taqdirda kubometriga — 4332 so‘m (hozirda — 3915,9 so‘m);
  • hisoblagichsiz bir kishi uchun oyiga — 16917,49 so‘m (hozirda — 15292,52). Umumiy hammomga ega yotoqxonalarda narx kishi boshiga — 12584,98 so‘m (hozirda — 11376,16).

Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov narxi kvadrat metrga 1464,53 etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring