Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

It sher va yo‘lbarslar bilan bir qafasda yashayapti

It sher va yo‘lbarslar bilan bir qafasda yashayapti

Foto: «Vesti»

Rossiyaning Irkutsk zoogalereyasidagi jonivorlar o‘rtasida g‘ayriodatiy do‘stlashuv kuzatildi.

Bir qafasda sher, ikki yo‘lbars va labrador iti yashamoqda.

Bir yil avval Elza (it)ni panjasidagi jarohatdan tiklanayotgan Fortis (sher)ning qafasiga o‘tkazib qo‘yishgan. Tez orada ular inoqlashib, bir-biriga bog‘lanib qolishdi. Oradan ikki oy o‘tib Liana va Lavanda laqabli yo‘lbarslarni ham shu qafasga olib kelishdi.

Zoogalereya xodimlari biron jarohat olmadimikan deb labradorni tinmay tekshirib turishadi, yo‘q, hammasi joyida. It «katta mushuk»lar orasida jon saqlabgina qolmay, «to‘daboshi»ga ham aylanib ulguribdi. Yirtqichlar talashib qolsa ajratuvchi ham, to‘dani zeriktirmaydigan ham shu it, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring