Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki bilan «Digital CASA» loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi

Jahon banki bilan «Digital CASA» loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur delegatsiya mamlakatimizda «Raqamli Markaziy Osiyo — Janubiy Osiyo» (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashrif buyurgan. Jahon banki vakillari O‘zbekistondagi raqamli rivojlanish holati va natijalar xususida ham muzokaralar olib borishmoqda. 

«Digital CASA» loyihasi Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi AKT infratuzilmasini rivojlantirish, elektron hukumat uchun tizimlar ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ko‘zlaydi. Uchrashuvda har ikkala tomon «Digital CASA» loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirdilar.

O‘zbekiston tomoni mamlakatda ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan jihatlar haqida o‘z qarashlarini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, Jahon banki bilan hamkorlikning mamlakat axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etildi. 

Uchrashuvda loyihani ishlab chiqish yuzasidan keyingi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Jahon bankining maxsus vakillari O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar, jumladan IT-muassasalar rahbarlari bilan uchrashuvlarni davom ettirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring