Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jannatdan qasr bo‘lguvchi savobli ishga bosh qo‘shaylik (video)

Jannatdan qasr bo‘lguvchi savobli ishga bosh qo‘shaylik (video)

Foto: Islom.uz

Telegrammdagi ommabop guruhlardan biri Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida barpo etilayotgan masjid qurilishi uchun saxovatli insonlarni xayriyaga chorlamoqda.

Masjid qurish yoki qurilishiga hissa qo‘shish ulkan savobligi dinimiz ahkomlarida alohida ta’kidlangan. Yurtdoshlarimiz orasida ham bunday ulug‘ ishga bosh qo‘shish istaganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biz, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali jamoasi ham shunday insonlarni yangi masjid qurilishiga xayriya qilishga chorlab qolamiz.

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Gulzor mahallasidagi qadimiy «Xo‘ja Korsoz ota» masjidi o‘rnida yangitdan qurilayotgan bu maskan ancha yirik bo‘lishi mo‘ljallangani ko‘rinib turibdi. Bunga o‘ziga yarasha sabablar bor: yaqin atrofda boshqa masjidlarning yo‘qligi, aholining ko‘pchilik qismi muntazam ibodat qilishi, qolaversa, davlat rahbari tomonidan Toshkent viloyatidagi har bir masjid lozim darajada ta’mirlanib, qulayliklar yaratilishi haqidagi ko‘rsatmalari kabi omillar hisobga olingan.

Guruh a’zolari bevosita qurilish jarayonini kuzatib, saxovatli insonlarni xayriyaga chorlovchi rolik tayyorlashgan. Quyida shu rolikni e’tiboringizga havola qilamiz.

Saxovatli insonlar o‘z ataganlarini xayriya qilishlari uchun:
«Agro bank» 8600 0423 2746 6818 
Murojaat uchun telefon: +998911620505

Savoblaringizni Alloh ziyoda qilsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring