Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaga qarshi tarkib e’lon qilindi: Hujumda Eldor Shomurodov o‘ynaydi

Janubiy Koreyaga qarshi tarkib e’lon qilindi: Hujumda Eldor Shomurodov o‘ynaydi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Avstraliyaning Brisben shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Ektor Kuper shogirdlari bir oz vaqtdan keyin Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Brisbendagi «Queensland Sport and Athletics Centre» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Uchrashuvni Kris Bit boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Referi assistentlari — Eshli Bichem va Anton Shetinin. To‘rtinchi hakam — Piter Grin.

Yana bir muhim jihat:  O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘rtoqlik uchrashuvida VAR tizimi ishlaydi. VAR bo‘yicha hakam Jarred Gillet, assistent — Richard Naumovski.

Ektor Kuper ushbu bahsga asosiy tarkibni e’lon qildi:

Shu kungacha O‘zbekiston MTJ Janubiy Koreya terma jamoasi bilan jami 15ta uchrashuv o‘tkazgan.  Shulardan 1tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10ta uchrashuvda Janubiy Koreyaning qo‘li baland kelgan. 4ta o‘yin durang bilan yakuniga yetgan.

Yagona g‘alabamiz 1994-yilgi Osiyo o‘yinlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘in doirasida vakillarimiz 15-noyabr kuni Livanga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring