Jizzaxda shu vaqtgacha bo‘lmagan sohada ishlab chiqarish boshlanadi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlanishini ma’lum qildi.
— Bir masalaga e’tibor bering. Bugungi kunga qadar, Jizzax viloyatida birorta ham elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari bo‘lmagan.
Shu bois, bu sohada 1 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilib, quvvati 1 ming 200 Mega-Vatt bo‘lgan elektr stansiyalari barpo etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, G‘allaorol tumanida Birlashgan Arab Amirligining «Masdar» kompaniyasi tomonidan 150 million dollar sarmoya hisobiga, quvvati 220 Mega-Vatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ish boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter