Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda «Uchar tarelka» attraksioni qulashi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘ldi

Jizzaxda «Uchar tarelka» attraksioni qulashi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘ldi

Foto: kun.uz

2019-yil 28-iyun kuni soat 12.30 larda Jizzax shahar, «Navro‘z» mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘idagi YaTT «Mamatqulov Burxon»ga qarashli «Uchar tarelka» attraksioni aylanayotgan vaqtida attraksionning «tarelka» qismi tayanch o‘qiga payvandlash chokidan uzilishi oqibatida 7 metr balandlikdan yerga qulab tushgan bo‘lib, 8 nafar mijozlardan bir nafari, ya’ni 1999-y.t. X.M. «hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati» olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«Uchar tarelka» attraksioni 2019-yil mart oyida «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘iga o‘rnatilgan bo‘lib, YaTT «Mamatqulov Burxon» tomonidan foydalanib kelingan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari B.R.Sayipov, Jizzax shaxar prokurori A.Nazarov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ya.Abdulxakov, shaxar IIO FMB boshlig‘i A.Murodov va boshqa tezkor xodimlar chikishdi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring