Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyada 24 soat ichida ikkita samolyot halokatga uchradi

Kaliforniyada 24 soat ichida ikkita samolyot halokatga uchradi

Foto: «Haber7.com»

AQShning Kaliforniya shtatidagi Brekett aeroporti atrofida 24 soat mobaynida 2 ta samolyot halokatga uchradi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Voqea Los-Anjeles shahri shimolidagi La Verne tumanida joylashgan Brekett aeroporti atrofida sodir bo‘lgan. Avvaliga «Cessna» rusumli samolyot qo‘nayotgan paytda halokatga uchragan. Undagi uchuvchi vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lganidan bir sutka o‘tmasdan yana bir samolyot qo‘nayotib yonib ketgan.

Har ikkala avariya holati yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring