Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada uch g‘ildirakli antiqa elektomobil sotuvga chiqdi (foto)

Kanadada uch g‘ildirakli antiqa elektomobil sotuvga chiqdi (foto)

Foto: «Hi-News»

Kanadaning «Elektra Messanica» kompaniyasi qiymati 15 ming dollar turuvchi «Solo» avtomobilini savdoga chiqardi, deb xabar beradi «Hi-News».

Nega uch g‘ildirakli avtomobil «Solo» deb ataladi? Chunki u faqatgina bitta o‘rindiqqa (haydovchi uchun) ega. Bu avtomobilni qulay transport vositasiga aylantiradi. U hatto «Smart» mashinalardan ham kichkina. Shu bilan birga uning ko‘rinishi xuddi yarimidan arralab tashlangan oddiy avtomobilga o‘xshaydi. Avtomobil balandligi 1,2 metrga, uzunligi 3 metrga teng.

Foto: «Hi-News»

«Electra Meccanica Solo» 82 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, uni uch soat ichida quvvatlantirish mumkin. Kundalik hayotda foydalaniladigan rozetkalar orqali esa 6 soat davomida quvvatlanadi. Bir marta quvvatlanish orqali 160 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir.

Foto: «Hi-News»

Mashina old tomonidan ajoyib ko‘rinishga, ort tomonidan esa noodatiy shaklga ega. U diskli tormozlar va ikkita eshik bilan jihozlangan. Mazkur mashina 8 soniya ichida 100 kilometr tezlikka erisha oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring