Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimyoviy qurollar borasida Suriya va KXDR hamkorligi haqidagi xabarlar rad etildi

Kimyoviy qurollar borasida Suriya va KXDR hamkorligi haqidagi xabarlar rad etildi

Foto: «Federalnoye agentstvo novostey»

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja’fariy 28 fevral kuni «The New York Times» gazetasining Suriya va KXDR kimyoviy qurollar borasida hamkorlik qilayotgani haqidagi ma’lumotlarini rad etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Mening mamlakatim va KXDR kimyoviy qurollar borasida hamkorlik qilayotgani haqidagi xabarlar bolalarcha gap-so‘zlardan boshqa narsa emas», — dedi Jafariy BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

«Aftidan, «The New York Times» dunyoda nimalar yuz berayotganidan bexabarga o‘xshaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu hafta «The New York Times» gazetasi BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya borasidagi sanksiyalar qo‘mitasi ekspertlarining maxfiy hisobotiga tayanib, Pxenyanning Suriya hukumatiga kimyoviy qurol ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan kislotaga chidamli plitalar va termometrli klapanlar yetkazib berganini ma’lum qilgan edi. Gazetaning yozishicha, bu mahsulotlar 2012 — 2017-yillarda Suriyaga olib kelingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring