Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kipr 21 shaxsni «oltin pasport»dan mahrum qilmoqchi

Kipr 21 shaxsni «oltin pasport»dan mahrum qilmoqchi

Foto: RTVI

Kipr hukumati yigirmadan ziyod «oltin pasport» egalarini fuqarolikdan mahrum qiladi. Bu haqda «Phileleftheros» gazetasi yozdi.

Pasporti olib qo‘yiladiganlar ro‘yxatiga tushganlar:

  • Mixail Gutseriyev — «Safmar» guruhi direktorlar kengashi raisi;
  • Aleksey Kuzmichev — «Alfa-Grupp» konsorsiumi asoschilaridan biri;
  • Vadim Moshkovich — «Rusagro» DK direktorlar kengashi sobiq a’zosi;
  • Aleksandr Ponomarenko — «Sheremetevo xalqaro aeroporti» direktorlar kengashi sobiq a’zosi;
  • Yuqoridagi shaxslarning oila a’zolari.

Kipr hukumati oxirgi o‘tkazgan yig‘ilishida «oltin pasport»ga ega 21 kishini, jumladan, rossiyalik tadbirkorlar va ularning oila a’zolarini fuqarolikdan chiqarish ro‘yxatini tasdiqlagan. Ushbu chora va yuqoridagi shaxslarga qo‘llangan sanksiyalar o‘zaro bog‘liqligi aytilmoqda.

Kipr «oltin pasporti»

Kipr «oltin pasporti» (fuqaroligi)ni olmoqchi bo‘lgan xorijliklar orol shimolida 250 ming yevrodan boshlanadigan yoki janubi va poytaxtida 450 ming yevrodan boshlanadigan ko‘chmas mulkni xarid qilishlari kerak. Qo‘shimchasiga 100 ming yevro xayriya qilish ham talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring