Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kollej o‘quvchilari uchun «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

Kollej o‘quvchilari uchun «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

Foto: O‘zLiDeP

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda yosh avlodning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovini tashkil etdi.

Ko‘rik-tanlov sovrindorligiga nomzodlarni tavsiya etish va g‘oliblarni aniqlashda asosiy e’tibor nomzodlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi, yetakchilik qobiliyati hamda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini qay darajada o‘zlashtira olganligiga qaratiladi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari ishlab chiqarish va servis, turizm, qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish borasida ishlab chiqqan innovatsion loyihalari ko‘rgazmasi kabi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi.

Ko‘rik-tanlovda respublika hududidagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari qatnashishlari mumkin. Voraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan respublika bo‘yicha har bir yo‘nalishdan 6 nafardan g‘olib deb topilgan jami 18 nafar o‘quvchiga keyingi o‘quv yilida stipendiya beriladi.

Tanlov haqida partiyaning rasmiy veb-saytida batafsil tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring