Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda kollej o‘quvchisi o‘z farzandini o‘ldirib, kanalga oqizib yubordi

Surxondaryoda kollej o‘quvchisi o‘z farzandini o‘ldirib, kanalga oqizib yubordi

Foto: «AstroLibra»

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 2018-yil 7-8-mart kuni Qishloqazon mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqning bo‘yin sohasiga mato bo‘lagi bog‘langan holda jasadi topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqning onasi aniqlandi, u Qiziriq tumanida yashovchi, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi N.T. bo‘lib chiqdi.

2018-yil 28-fevral kuni N.T. uyida o‘g‘il tug‘ib, hech kimga bildirmay, o‘zining kiyimi bilan chaqaloqni bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ng jasadni yuqoridagi kanalga tashlab yuborgani aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida N.T. qo‘lga olingan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring