Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyada vertolyot halokatga uchradi

Koreyada vertolyot halokatga uchradi

Foto: «journalist.today»

Janubiy Koreyaning Pxoxan shahri yaqinida harbiy dengiz kuchlariga tegishli vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda «Renxap» agentligi ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ekipaj a’zolaridan yana bir kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan.

«MUH-1» rusumli amfibiya-vertolyot mashg‘ulot parvozi vaqtida qulagan.

Vertolet uchish-qo‘nish chizig‘iga 10 metr balandlikdan qulagan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Surishtiruv guruhi hodisa bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring