Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshiriladi

«Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshiriladi

Prezident «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ham davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiya qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:

  • yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tatbiq etishi;
  • umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini ta’minlashi belgilandi.

Idoralararo komissiya:

  • 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishni tashkil etadi, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etadi;
  • har yili 1-aprelga qadar tegishli sohalarda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring