Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laziz Tangriyev «Kino san’ati» jurnaliga bosh muharrir etib tayinlandi

Laziz Tangriyev «Kino san’ati» jurnaliga bosh muharrir etib tayinlandi

«O‘zbekkino» milliy agentligining «Kino san’ati» jurnali bosh muharriri lavozimiga Tangriyev Laziz Xushboqovich tayinlandi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Tangriyev Laziz Xushboqovich 1997-2006-yillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining madaniyat, ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha xizmati konsultanti, 2006-2007-yillarda «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining nashriyot ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2007-2017-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori, 2017-yil 28-iyuldan 2018-yil 27-noyabrgacha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring