Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majburiy sug‘urta bo‘yicha qoidalar tasdiqlandi

Majburiy sug‘urta bo‘yicha qoidalar tasdiqlandi

«Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (780-son, 14.12.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, elektron turdagi sug‘urta xizmatlari (E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshiriladi.

2021-yil 1-iyulgacha yagona axborot tizimi tarkibida E-polislarni sotish va rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli axborot modullari joriy etiladi.

Qaror bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, E-polisni sotish, rasmiylashtirish elektron ma’lumot almashish orqali sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida amalga oshiriladi.

2021-yil 1-martdan Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

E-polis qog‘oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring