Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Majnuntol» — gitara va mualliflik qo‘shiqlari festivalida ishtirok eting!

«Majnuntol» — gitara va mualliflik qo‘shiqlari festivalida ishtirok eting!

Foto: «xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir televizion yo‘nalishdagi loyihaga qo‘l urdi.

«Majnuntol» deb nomlangan gitara va mualliflik qo‘shiqlari festivali jonli ijro va mualliflik qo‘shiqlari ijrochilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mualliflik-vokal ijrosi mahoratini oshirish, musiqachi-vokalistlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi iqtidorlarni kashf etish, iste’dodli yoshlarni uyushgan holda faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratadi.

Tanlov yo‘nalishlari:

  • Gitarada kuy chalish
  • Bard yo‘nalishida kuylash (bard — o‘z she’ri va musiqasi asosida yaratilgan qo‘shiq kuylaydigan kishi).
  • Ko‘rik-tanlovda 7 yoshdan 77 yoshgacha bo‘lgan gitarachi va mualliflik qo‘shiqlari ijrochilari (professional va havaskorlar) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘ladi

  • Birinchi bosqichda ishtirokchilar anketasi saralanib, kasting o‘tkaziladi.
  • Kasting Toshkent shahrida joylashgan «Yoshlar ijodiyot saroyi» binosida 2018-yilning 18-aprel kuni soat 10.00dan 18.00gacha bo‘lib o‘tadi.
  • Kastingda hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirgan talabgorlar ishtirok etishadi va o‘zlari tanlagan qo‘shiqni jonli ijroda ijro etishadi.
  • Madaniyat va san’at arboblari, estrada xonandalari, kompozitorlar, shoirlar, gitarachilar va sohaga doir oliy o‘quv yurti vakillaridan tashkil topgan hay’at a’zolari konkursning 2-bosqichiga ishtirok etish uchun 30 nafar ishtirokchini saralab olishadi.
  • 22 aprel kuni tanlov bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Taqdirlash marosimi

Ushbu festivalning taqdirlash marosimi 2018-yilning 13-may kuni  «Piknichok» yoshlar festivali doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqich televizion-tanlov bo‘lib, bunda ko‘rik-tanlovning barcha turlari «MY5» telekanalida translyasiya qilinadi. G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov tashkilotchilari:

  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi;
  • «Yoshlar media markazi» NNT;
  • «Mening yurtim» telekanali.

Baxtiyor Rahmonov, festival koordinatori: —

Ko‘rik-tanlov o‘z oldiga jonli ijroni targ‘ib qilish, yoshlar orasidan iste’dodlarni topish va ularni qo‘llab-quvvatlash, yosh ijrochilarning repertuarini jahon va milliy musiqa durdonalari hamda yurtimizning hududlardagi o‘ziga xos milliy musiqasi bilan boyitish, jonli ijro borasida tajriba almashish va boyitish, bolalar va yoshlarda musiqiy madaniyatni tarbiyalash borasida mutaxassislarga samarali ijod qilishi uchun ijodiy muhit yaratish kabi maqsadlarni qo‘ygan.

G‘oliblar homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Festival g‘olibiga diplom va maxsus sovg‘a topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar batafsil ma’lumot olish va anketa to‘ldirish uchun https://t.me/festuz telegram manziliga hamda +99899-898-18-44 telefon raqamlariga murojaat etishlari mumkin.

 

«Majnuntol» — gitara va mualliflik qo‘shiqlari festivali

ANKETA

  1. F.I.Sh.
  2. Pasport nusxasi (ilova qilinadi).
  3. Faoliyat turi – ishtirokchining kasbi.

_____________________________________________________________

  1. Qo‘shiqlar matni (ilova qilinadi).
  2. She’r va musiqa muallifi.
  3. Festival va tanlovlarda ishtiroki.

 

Ishtirokchi manzili va telefon raqamlari: ________________________________________________________________

«Majnuntol» ko‘rik-tanlovida ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni sinab ko‘ring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring