Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mavsumiy ishlarga kelganlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda yengillik beriladi

Mavsumiy ishlarga kelganlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda yengillik beriladi

Foto: «Azon.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom yangi 211-band bilan to‘ldirilmoqda:

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga mavsumiy ishlar (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda) (keyingi o‘rinlarda mavsumiy ishlar deb ataladi) bilan shug‘ullanish uchun yetib kelgan fuqarodan uning profilaktika inspektori tomonidan qayd etilishi sharti bilan vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha hisobga turishi talab qilinmaydi.

Mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun yetib kelgan fuqaro mavsumiy ishlar olib borilayotgan joyning profilaktika inspektori tomonidan maxsus qaydlar kitobiga tegishli yozuv va mavsumiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomaga sanani ko‘rsatib, belgi qo‘ygan holda inspektor imzosi bilan tasdiqlanib, quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi:

fuqaro pasporti (taqdim etiladi);

pasport nusxasi;

mavsumiy ishni taqdim etayotgan shaxs va fuqaro o‘rtasidagi shartnoma.

Qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mavsumiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma oddiy yozma shaklda tuziladi».

Mazkur norma «Huquqiy axborot» telegram kanalida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilangan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring