Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehrga tashna bolalarni qo‘llash uchun futbol-xayriya o‘yini bo‘lib o‘tadi

Mehrga tashna bolalarni qo‘llash uchun futbol-xayriya o‘yini bo‘lib o‘tadi

Foto: «Championat.asia»

21-yanvar kuni Toshkentdagi «Yoshlik» sport zalida futbol-xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Jamila Ibragimova tomonidan asos solingan «Podari dobro» («Mehr sovg‘a qil») guruhi hamda 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga futboldan saboq berib kelayotgan Jamshid Asadov tomonidan tashkil etilayotgan xayriya o‘yinida aynan mehrga muhtoj bolalar ham to‘p suradi.

Rejaga ko‘ra, futbol uchrashuvida Timur Nazarov boshchiligidagi qandli diabet kasalligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi «AFC DIASA» jamoasi hamda 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat bo‘lgan «FKDM-23» jamoalari zalga chiqib keladi.

Bolalarga biror sovg‘a, o‘yinchoq yoki xayriya qilish niyatida bo‘lganlar quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin: +99897 3440611 va +99891 1917993.

Futbol-xayriya uchrashuvini tomosha qilish bepul.

Foto: «Championat.asia»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring