Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB «Nexia Dons»ni xatladi! Nega?

MIB «Nexia Dons»ni xatladi! Nega?

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroriga muvofiq fuqaro R.S. dan D.U. foydasiga voyaga yetgunga qadar tegishli miqdorda aliment to‘lash ijro hujjati mavjud edi.

Ammo qarzdor zimmasidagi majburiyatni bajarsa, qani?! Alimentni vaqtida to‘lay demaydi. Yig‘ilib-yig‘ilib miqdor 13 mln.dan ortib ketdiyam harakatga tushmaydi-ya?! Moddiy mkoniyati cheklanganmidi? Qayoqda! Kamxarj odamda mashina bo‘ladi deysizmi?

Qisqasi, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdor R.S.ga tegishli «Nexia Dons» rusumli avtotransport vositasi qidirishga tushdi. Va uni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan topdi.

Ushbu avtotransport vositasi aliment pullarini to‘liq qoplash maqsadida xatlandi.

Qarzdan bahonalar vositasida qutilib bo‘lmaydi, axir?!

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring